Bosh sahifa/AI va MCP
Sun'iy intellekt

ERP'ingizdan oddiy tilda so'rang

NX AI raqamlarni o'ylab topmaydi — ERP'dan o'qib javob beradi. Ovoz bilan so'raysiz, yozuv kiritishni so'raysiz, u "Yozaymi?" deb tasdiqlatadi. MCP orqali Claude va boshqa AI'lar ham ulanadi.

  • Faqat sizning huquqingiz doirasida
  • Har yozuvda AI belgisi
  • O'chira olmaydi
Bugun qancha sotildi va kim ko'p sotdi?
Sotuv hisoboti o'qildi · bugun
Bugun 86.4 mln so'm sotildi — kechagidan 14% ko'p.
Eng ko'p: Kamol (31.2 mln), keyin Jasur (24.8 mln).
Qurilish MCHJ'ga 120 qop sement sotuvini kirit
Mahsulot topildi · Sement M400
Sotuv: Sement M400 — 120 qop, mijoz Qurilish MCHJ, qarzga.
Limitdan 12 mln qoladi. Yozaymi?
Ha, yozYo'q

NX AI yordamchi

Saytda va ilovada: qoldiq, sotuv, qarz, ish haqi — savolga ERP'dan javob, grafik va kartochkalar bilan.

Ovoz bilan

Gapirasiz — matnga aylanadi va javob keladi. O'zbek tilida. Ilovada NX Ovoz rejimi.

"Yozaymi?" — tasdiq bilan

AI yozuvni o'zi kiritmaydi: avval ko'rsatadi, siz tasdiqlaysiz. Kiritilganda "NX AI" belgisi turadi.

AI vazifalar

Rahbar vazifa beradi → AI xodimga Telegram'da yozadi, javobini ERP bilan tekshiradi, eslatadi va hisobot beradi.

Guruhlardan kiritish

Telegram guruhlaridagi "Yuklandi" xabarlarini o'qib, yozuv taklif qiladi. Bir xabar ikki marta tushmaydi.

Ertalabki brif

Har tong: kecha nima bo'ldi, nima kam qoldi, kim qarzdor — qisqa xulosa.

MCP — AI'larni ulash standarti

Claude va boshqa AI'lar ERP'ingiz bilan ishlaydi

MCP (Model Context Protocol) — AI yordamchilarni tashqi tizimlarga ulash uchun ochiq standart. NX System MCP server sifatida ishlaydi: AI dasturiga manzilni qo'shasiz, NX System'ga kirib ruxsat berasiz — tamom.

  1. Claude — claude.ai → Settings → Connectors → «Add custom connector».
  2. Manzil:https://my.nxsystem.uz/mcp
  3. Ruxsat — NX System'ga kirib «Ruxsat berish»ni bosasiz. Parolingiz AI'ga berilmaydi.

Claude'ning sayti, kompyuter va telefon ilovalarida ishlaydi. MCP'ni qo'llaydigan boshqa AI dasturlar ham shu manzil orqali ulanishi mumkin.

ClaudeNX ERP ulangan · MCP
Ulangan
Bugun «Sotuv» guruhiga yozilgan buyurtmalarni ERP'ga kiritib chiq
tg_history · guruh xabarlari o'qildi · 12 ta
find_products · mahsulotlar topildi · 4 ta
movement_create · sotuv kiritildi · 5 ta
5 ta sotuv kiritildi — har birida Claude belgisi bor.
1 ta xabarni kiritmadim: unda mahsulot nomi yo'q. Aniqlab bersangiz, kiritaman.
MCP vositalari

AI ERP'da nimalar qila oladi

Har vosita — sizning huquqlaringiz doirasida. O'chirish imkoni umuman berilmagan.

erp_menu

Menyu va sahifalar ro'yxati — qayerda nima borligini biladi.

erp_read

Istalgan sahifa va hisobotni o'qiydi: qoldiq, sotuv, qarz, ish haqi — raqamlar ERP'dan.

stock_types

Harakat turlari (sotuv, kirim, ishlab chiqarish…) va ularning maydonlari.

find_products

Mahsulotni nomi yoki o'lchami bo'yicha topadi — aniq ID bilan.

find_employees

Xodimni ismi bo'yicha topadi.

movement_create

Yangi yozuv kiritadi (sotuv, kirim, chiqim…). Har yozuvda AI belgisi va manba.

movement_find

Kiritilgan yozuvlarni qidiradi — tekshirish va solishtirish uchun.

movement_update

Xato yozuvni tuzatadi — kim o'zgartirgani tarixda qoladi.

tg_groups

Ulangan Telegram guruhlari ro'yxati.

tg_history

Guruh xabarlarini o'qiydi — "Yuklandi" kabi yozuvlarni topib kiritish uchun. Bir xabar ikki marta tushmaydi.

task_list

AI vazifalar ro'yxati va holati.

task_people

Vazifa beriladigan xodimlar.

Xavfsiz

AI — nazorat ostida

  • Faqat sizning huquqingiz — AI siz ko'ra olmaydigan sahifani ham ko'rmaydi.
  • O'chirish yo'q — faqat o'qish, kiritish va tuzatish.
  • Belgi va tarix — AI kiritgan har yozuvda belgi, faollik tarixida "qayerdan" (Claude, bot, ilova).
  • Takror yo'q — bir Telegram xabari ikki marta kiritilmaydi.
  • Istalgan payt uzish — ruxsatni NX System'da bekor qilasiz.

NX Ovoz — gapiring, tizim tinglaydi va javob beradi.

Savollar

AI haqida savollar

MCP nima?

Model Context Protocol — AI yordamchilarni tashqi tizimlarga ulash uchun ochiq standart. Uning yordamida Claude kabi AI'lar NX System'dagi ma'lumotni o'qiydi va sizning ruxsatingiz bilan yozuv kiritadi.

Claude ma'lumotlarimni o'chirib yubormaydimi?

Yo'q. O'chirish vositasi umuman yo'q — faqat o'qish, kiritish va tahrirlash. Har o'zgarish tarixda qoladi.

Parolimni AI'ga berishim kerakmi?

Yo'q. Ulanishda NX System'ning o'z kirish oynasi ochiladi, siz "Ruxsat berish"ni bosasiz. AI faqat ruxsat kalitini oladi, parolni emas.

Claude'ni ulash uchun nima kerak?

Claude'da custom connector qo'shish imkoni bor akkaunt va NX System'dagi foydalanuvchingiz. AI faqat shu foydalanuvchining huquqlari bilan ishlaydi.

O'z tizimingizni 30 daqiqada ko'ring

Raqamingizni qoldiring — demo paytida sizning jarayoningizni admin panelda jonli quramiz. Majburiyat yo'q.