Bosh sahifa/Telegram bot
Telegram bot

Xodim Telegram'ga yozadi — tizim o'zi kiritadi

Guruhga "Yuklandi" deb yozilsa, bot mahsulot va sonni ajratadi, "To'g'rimi?" deb so'raydi va saqlaydi. Kompyuter, o'qitish va yangi dastur kerak emas.

  • Bir nechta bot
  • Hamma sozlama bir sahifada
  • Kirill va lotin
NX
Sotuv guruhi24 a'zo · bot
Юкланди Клиент: Қурилиш МЧЖ Цемент М400 — 120 қоп Гипсокартон — 40
Sotuv — 2 qator · 22.11.2026 Klient: Qurilish MCHJ • Sement M400 — 120 qop • Gipsokarton — 40 list To‘g‘rimi?
SaqlashBekor
Sotuv saqlandi. Ombordan ayirildi, qarz yozildi.
Imkoniyatlar

Bot nimalar qila oladi

Xabardan kiritish

"Yuklandi", "Kirim", "Bugun ishlab chiqarish" — har kalit so'z o'z sahifasiga. Mijoz, sotuvchi, smena qatorlari maydonlarga tushadi.

Faqat o'qish rejimi

Katta guruhlarda bot jim turadi — hech narsa yozmaydi. Nusxa va tasdiq alohida tasdiq guruhida.

"Shu mi?" deb so'raydi

Mahsulot nomi xato yozilsa — eng yaqinlarini taklif qiladi. Tanlangani lug'atga yoziladi va keyin o'zi taniydi.

Hisobot buyruqlari

/sotuvkg 22.11 — kunlik hisobot. Buyruq nomi va mazmunini o'zingiz yaratasiz.

Qoldiq tekshiruvi

Xodim qoldiqni yozadi — bot "to'g'ri / xato" deydi, sonni oshkor qilmaydi.

Hisoblash

kg 3.5/1.6x2.5 120 — og'irlik, m², metr bir zumda, mahsulot kartasidagi o'lchamdan.

Savol-javob va AI

"Manzil qayerda?" — tayyor javob. Topilmasa AI ERP'dan javob beradi.

Xabarnomalar

Sotuv, kirim, chiqim saqlansa — tanlangan guruhga darrov xabar.

Davomat va oylik

"Familiya Ism ✅" ro'yxati — davomat va kunlik to'lov yoziladi.

Faqat o'qish rejimi

Katta guruhda jim, tasdiq — boshqa guruhda

Mijozlar yoki ko'p xodim bor guruhda bot hech narsa yozmasligi kerak bo'lsa: u faqat o'qiydi. "Yuklandi" xabarining nusxasi asl xabar havolasi bilan tasdiq guruhiga tushadi va o'sha yerda saqlanadi.

  • Guruh o'zi qo'shiladi — /ulash yozish shart emas.
  • Kim nomidan — botga ulanmagan a'zoning yozuvi tanlangan xodim nomidan.
  • Tahrir ham kuzatiladi — asl xabar o'zgarsa, yozuv ham yangilanadi.
KG
Katta guruh412 a'zo
Yuklandi Non oq — 400 Somsa — 120
bot jim — hech narsa yozmaydi
TG
Tasdiq guruhi3 a'zo
Katta guruh · Kamol · asl xabar Yuklandi · Non oq — 400 · Somsa — 120
Sotuv — 2 qator To‘g‘rimi?
SaqlashBekor
Admin panel

Hamma sozlama — bitta sahifada

Kalit so'zlar, qatorlar, /start matni, savol-javob, buyruqlar, xabarnomalar va guruhlar — Telegram bot sahifasida. O'ngda bot qanday javob berishi jonli ko'rinadi.

  • Sinab ko'ring — xabar yozasiz, bot nimani tushunishi darrov ko'rinadi.
  • Qoidani o'chirib-yoqish — bitta tugma, sozlamasi saqlanadi.
  • Bot matnlari — "To'g'rimi?", "Saqlandi" va boshqa javoblarni o'zgartirasiz.
Admin → Telegram bot → Xabardan kiritish
YuklandiFaol
→ Sotuv
yuklandiюкланди
Ishlab chiqarishFaol
→ Ishlab chiqarish
bugun ishlab
KirimO'chiq
→ Xom ashyo kirimi
kirimkeldi
DavomatFaol
→ Kunlik to'lov
1smen2smen

O'z tizimingizni 30 daqiqada ko'ring

Raqamingizni qoldiring — demo paytida sizning jarayoningizni admin panelda jonli quramiz. Majburiyat yo'q.