Bosh sahifa/Sohalar
Sohalar

Har soha uchun alohida dastur emas — sizga moslangan bitta tizim

Atamalar, maydonlar, formulalar va hisobotlar sohangizga qarab admin panelda sozlanadi. Quyida — har soha uchun bir kun qanday o'tishi misoli.

Mebel

Buyurtmadan yetkazishgacha

Salon buyurtma oladi: o'lcham, rang, muddat. Sex ishlab chiqaradi — LDSP, kromka va furnitura sarfi retsept bo'yicha ayiriladi. Tayyor bo'lsa yetkazishga.

  • Buyurtma sahifasi — o'lcham, rang, avans, muddat maydonlari.
  • Material sarfi — har buyumga, chiqindi foizi bilan.
  • Tannarx va foyda — har buyurtma bo'yicha.
Mebel fabrikasi · Buyurtmalar
№MijozBuyumHolat
418Karimovlar oilasiOshxona 3.2 m, yong'oqSexda
419«Uy» saloniShkaf-kupe 2D × 4Tayyor
420Ofis MCHJOfis stoli 120 × 10Material kam
Non va qandolat

Tongda pishirildi — tushgacha do'konlarda

Smena ustasi "Bugun ishlab chiqarish" deb yozadi — un va masalliq retsept bo'yicha ayiriladi. Haydovchi "Yuklandi" deb yozadi — do'kon bo'yicha sotuv va qarz yoziladi.

  • Retsept — un, yog', shakar, xamirturush.
  • Qaytgan mahsulot — alohida hisob.
  • Do'konlar qarzi — har biriga eslatma.
NX
Yetkazish guruhibot
Yuklandi «Bahor» market Non oq — 400 Qaytdi — 12
Sotuv — «Bahor» market • Non oq — 400 dona • Qaytim — 12 dona Qarz: 1 240 000 To‘g‘rimi?
Tikuv

Liniya, usta va dona bay — bir joyda

Bichuv bo'limi matoni bichadi, liniyalar tikadi. Har liniya kunlik natijani yozadi — mato sarfi ayiriladi, dona bay ish haqi o'zi hisoblanadi.

  • Liniyalar — har biri o'z bo'limi va ustasi.
  • Mato qoldig'i — metr va rulon bo'yicha.
  • Davomat — ro'yxat guruhga tashlanadi.
Tikuv sexi · Bugun
Tikildi1 240+9%
Mato sarfi1 490 m
Ish haqi3.7 mln
Liniya 1 · futbolka420
Liniya 2 · shim310
Liniya 3 · ko'ylak280
Qurilish materiallari

Qop, list, kg, metr — birga

Armatura tonnada keladi, metrda sotiladi; kafel qutida keladi, m² da sotiladi. Tizim o'giradi. Qarzga savdo — limit va muddat bilan.

  • Birliklar — har mahsulotga o'z o'lchovlari.
  • Kredit limiti — oshsa ogohlantiradi.
  • Nakladnoy — mijozga o'z dizayningizda.
Qurilish do'koni · Qarzdorlar
MijozQarzMuddat
Qurilish MCHJ18 200 0003 kun o'tdi
Usta Bahrom2 400 0005 kun qoldi
Ta'mir servis6 800 00012 kun qoldi
Ulgurji savdo va distributsiya

Agentlar, buyurtma va yetkazish

Agent do'konga kirib buyurtma oladi — GPS va rasm bilan. Ombor yig'adi, haydovchi yetkazadi, mijoz kuzatuv havolasini oladi.

  • Hudud va marshrut — har agentga.
  • Buyurtma bosqichlari — tasdiq, yig'ish, yo'lda, yetkazildi.
  • Yo'qolgan mijozlar — kim olmay qo'ydi.
Distribyutor · Agentlar · bugun
AgentTashrifBuyurtmaSumma
Jasur · Chilonzor181421.4 mln
Bobur · Yunusobod161217.9 mln
Aziz · Sergeli151115.2 mln
Plastik, qadoq va metall

Formula bo'yicha sarf, smena va partiya

Mahsulot nomidagi o'lchamdan (qalinlik, eni, uzunlik) xom ashyo sarfi hisoblanadi: granula, sim, list metall, bo'yoq. Smena va brak bilan.

  • O'lchamdan formula — "3.5/1.6×2.5" kabi nomdan.
  • Bo'yoq va qo'shimcha — kg ga norma.
  • Partiyalar — maqsad va bajarilishi.
Ishlab chiqarish · Smena 2
MahsulotChiqdiXom ashyoBrak
Paket 30×50980 kg1 010 kg12 kg
Plyonka 50 mkm760 kg778 kg8 kg
Qop PP 50 kg420 kg431 kg5 kg

Sohangiz ro'yxatda yo'qmi?

Quruvchilar yordamida tizim istalgan jarayonga moslanadi. Demo paytida sizning ishingizni jonli quramiz.

O'z tizimingizni 30 daqiqada ko'ring

Raqamingizni qoldiring — demo paytida sizning jarayoningizni admin panelda jonli quramiz. Majburiyat yo'q.