Korxonangiz bitta tizimda — ishlab chiqarishdan sotuvgacha
Ombor, ishlab chiqarish, sotuv, kassa, ish haqi va hisobotlar bir-biriga bog'langan. Xodimlar Telegram'ga yozadi — tizim o'zi kiritadi. Sozlashni dasturchisiz, o'zingiz qilasiz.
- Bir necha kunda ishga tushadi
- Eski ma'lumotlarni ko'chiramiz
- Sayt + ilova + bot
Bir yozuv — butun korxona bo'ylab
Sotuv kiritilsa: ombordan ayiriladi, kassaga yoziladi, qarz hisoblanadi, nakladnoy tayyor bo'ladi, dashboard yangilanadi va rahbarga xabar boradi.
Korxonaga kerak bo'lgan hamma narsa
Kerakli modullarni yoqasiz — keraksizi menyuda ham ko'rinmaydi. Har biri haqida alohida sahifa bor.
Ombor va aqlli qoldiq
Har bo'lim va omborning qoldig'i jonli. Kam qolganda ogohlantiradi, nechi kunga yetishini va qachon buyurtma berishni aytadi.
Batafsil →Ishlab chiqarish va sarf
Retsept yoki formula bo'yicha xom ashyo o'zi ayiriladi. Partiya, smena, brak va har mahsulot tannarxi.
Sotuv, qarz va CRM
Kredit limiti, bo'lib to'lash, yo'qolgan mijozlar, agentlar GPS bilan va lidlar voronkasi.
Batafsil →Kassa va buxgalteriya
Avtomatik provodkalar, oborot-saldo, foyda-zarar, balans va pul oqimi prognozi.
Batafsil →Nakladnoy — o'z dizayningiz
Logotip, jadval, imzo, QR — o'zingiz chizasiz. A4, A5 yoki chek. Bir tugmada chop etish va PDF.
Batafsil →Ish haqi va davomat
Dona bay, kunlik, oylik — davomat Telegram'dan. Har xodim o'z hisobini telefonda ko'radi.
Batafsil →Dashboard va hisobotlar
25+ vidjet. Istalgan raqamni bossangiz — uning yozuvlari ochiladi.
Batafsil →Yetkazish va do'kon
Haydovchi xaritada, mijozga kuzatuv havolasi. Internet do'kon va Telegram mini ilova.
Batafsil →O'zingiz quring — kodsiz
Sahifa, maydon, formula, dashboard, menyu va bot qoidalari — admin panelda.
Xodimlar programma o'rganmaydi — Telegram'ga yozadi
Bot xabarni o'qiydi, "To'g'rimi?" deb so'raydi va kiritadi. Rahbar esa AI'dan oddiy tilda so'raydi — javob ERP'dagi haqiqiy raqamlardan.
Har soha uchun alohida dastur emas — bitta tizim, sizga moslangan
Mebel
Buyurtma bo'yicha ishlab chiqarish, LDSP va furnitura sarfi, har buyum tannarxi.
Non va qandolat
Retsept bo'yicha un va masalliq sarfi, do'konlarga yetkazish va qaytgan mahsulot.
Tikuv
Bichuv va tikuv liniyalari, mato qoldig'i, dona bay ish haqi va davomat.
Qurilish materiallari
Qop, list, kg va metr birga. Qarzga savdo, kredit limiti va nakladnoy.
Ulgurji savdo
Agentlar GPS bilan, buyurtmalar, yetkazish xaritasi va mijozga kuzatuv havolasi.
Plastik, qadoq va metall
Formula bo'yicha xom ashyo sarfi, smenalar, brak va partiyalar.
Korxona cho'ntagingizda
Kiritish, qoldiq, kassa, qarzlar, CRM va AI — telefonda. Internet uzilsa ham yozib turadi, qaytganda o'zi yuboradi.
Ko'p beriladigan savollar
Bizning jarayonimiz boshqacha — moslashadimi?
Ha, tizimning asosiy g'oyasi shu. Mebel sexi, non zavodi yoki ulgurji ombor — har biri uchun alohida dastur yozilmaydi: sahifa, maydon, formula va hisobotlar admin panelda moslanadi.
Ishga tushirish qancha vaqt oladi?
Odatda bir necha kun: mahsulotlar, bo'limlar va boshlang'ich qoldiqni birga kiritamiz, xodimlarga Telegram bot va ilovani o'rgatamiz.
Eski ma'lumotlarimni ko'chirsa bo'ladimi?
Ha — Excel, eski dastur yoki boshqa bazadan mahsulot, qoldiq, sotuv va ish haqi yozuvlarini ko'chiramiz.
Xodimlar kompyuterdan foydalana olmasa-chi?
Ular Telegram'ga odatdagidek yozadi yoki telefondagi ilovadan foydalanadi — bot xabarni tushunib, tasdiqlatib, tizimga kiritadi.
O'z tizimingizni 30 daqiqada ko'ring
Raqamingizni qoldiring — demo paytida sizning jarayoningizni admin panelda jonli quramiz. Majburiyat yo'q.